Texnologiya oʻqituvchisi fizika fanidan dars bersa boʻladimi?
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 16.08.2023-yildagi 247- sonli buyrugʻiga koʻra maktabga pedagog xodimlarni ishga qabul qilishda quyidagi mezonlarga rioya qilish lozim:
-Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi lavozimiga – boshlangʻich taʼlim ixtisosligi boʻyicha kamida oʻrta maxsus pedagogik maʼlumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va boshlangʻich taʼlim ixtisosligi boʻyicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatgan mutaxassislar;
-Fan oʻqituvchisi lavozimiga – fan yoʻnalishiga toʻgʻri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va fan yoʻnalishiga toʻgʻri keluvchi pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatgan mutaxassislar.
Mana shu qoidaga koʻra fan oʻqituvchi shu fan boʻyicha tugallangan oliy pedagogik maʼlumot yoki oliy maʼlumotga ega bo’lishi hamda fan boʻyicha qayta tayyorlovdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Shunga koʻra pedagog fizika fani boʻyicha qayta tayyorlovdan oʻtsagina, ushbu fandan dars berishi mumkin boʻladi.
Ungacha texnologiya fani boʻyicha diplom bilan fizikadan dars bera olmaydi.