G‘ijduvonda Butunjahon yurak kuni munosabati bilan keng qamrovli targ‘ibot va profilaktik tadbir o‘tkazildi

G‘ijduvonda Butunjahon yurak kuni munosabati bilan keng qamrovli targ‘ibot va profilaktik tadbir o‘tkazildi
29-sentabr — Butunjahon yurak kuni munosabati bilan G‘ijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan aholi o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tibbiy profilaktikaning ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

15-son oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tadbirda aholi vakillari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida piyoda yurish aksiyasi tashkil qilinib, jismoniy faollikning inson salomatligi, xususan, yurak-qon tomir tizimi faoliyatidagi muhim o‘rni haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, ularning salomatlik holati nazoratdan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy xavf omillari, ularni barvaqt aniqlash, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va arterial qon bosimini doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga yurak salomatligini asrashga qaratilgan targ‘ibot materiallari va eslatmalar tarqatildi. Ularda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarni erta aniqlash va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishning muhim jihatlari aks ettirildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-