G'IJDUVONDA “AYOLLAR SALOMATLIGI OYLIGI” DAVOM ETMOQDA

G'IJDUVONDA “AYOLLAR SALOMATLIGI OYLIGI” DAVOM ETMOQDA
Joriy yilning 3 - aprelidan 3- may sanasigacha  “Ayollar salomatligi oyligi” doirasida, 0-100 yoshgacha xotin-qizlar qamrab olinib, tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib kelinmoqda. Tibbiy ko‘riklarda xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazilib, ro‘yxati shakllantirilib, salomatlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinmoqda.
Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash maqsadida, 20 - aprel kuni tibbiy ko‘riklardan jami 6233 nafar xotin-qizlar o‘tkazildi. Tibbiyot xodimlari tomonidan ayollarning salomatlik holati o‘rganilib, 1045 ta aniqlangan kasalliklardan tavsiya va davolash choralari belgilandi.
✅Oilaviy poliklinikalarda ayollar tor soxa mutaxassislardan o‘tkazilib, tibbiy ko‘rikka kelgan ayollarga sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena,tibbiy madaniyatni oshirish va jismoniy faollik 
borasida tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Ayollar salomatligi oyligi doirasida olib borilayotgan ko‘riklar, xotin-qizlar salomatligini asrash va mustahkamlashdan iboratdir.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-