Kontraktning 12 foizini qaytarib olish super-kontrakt uchun ham amal qiladimi?
Avvalgi tartibga koʻra, soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻzining, shuningdek 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining taʼlim olishi uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, yaʼni toʻlangan summadan 12% daromad soligʻini qaytarib olishi mumkin edi.
Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qatʼi nazar taʼlim olishi uchun toʻlagan summadan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishlari mumkin boʻldi.
Ushbu tartib super-kontrakt uchun toʻlov qilinganda ham amal qiladimi?
Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarovning Talimxabarlari.uz ga ma’lum qilishicha, ushbu tartib super-kontrakt uchun toʻlov qilinganda ham amal qiladi.
Shuningdek, xususiy universitetda tahsil olayotgan talabalar ham taʼlim olishi uchun toʻlagan summadan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishlari mumkin.
Buning uchun talaba tahsil olayotgan xususiy universitet oliy taʼlim vazirligining edu.uz saytidagi Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatida bor bo‘lishi lozim.
Mazkur roʻyxatga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan xususiy oliy taʼlim muassasalari hamda chet el oliy taʼlim muassasalarining filiallari kiritiladi.