“Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat maskanida nazorat tadbiri tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Oliy majlis palatalarining 2024-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan majlisdagi nutqlarida belgilab qo‘yilgan ustivor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Qonunchildik palatasining Harakatlar dasturiga muvofiq “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘oisida” gi Qonuning ijrosinin ta’minlash maqsadida Toshkent shahar boshqarmasiga qarashli “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat maskanida nazorat tadbiri tashkil etildi.
Jahon bozorida Serquyosh zaminimizning vitaminlarga boy meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib borishi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish hajmini yanada kengaytirishni talab etadi. Albatta bu jarayonda O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining o‘rni alohida. Toshkent shahar boshqarmasiga qarashli “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat maskanida tashkil etilgan tadbirda ham mamlakatimiz hududiga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan mahsulotlarning fitasanitariya holati, ularga guvohnoma ya’ni karantin ruxsatnomasini olish tartibi, o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish jarayon bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mineral o‘g‘itlarni va kimyoviy vositalarni olib kirish chog‘ida ko‘rikdan o‘tkazish, ularni saqlash, realizatsiya qilish, qo‘llash va tashish, ko‘mib tashlash hamda yo‘q qilish tartibi haqida ham atroflicha ma’lumot berilib, ayni sohadagi qonunchilik hujjatlarini ijrosini amaldagi holati o‘rganildi.
Shuni alohida aytish joizki, bugun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yoki endi boshlamoqchi bo‘lgan ishbilarmonlar endi hech qanday ovoragarchiliksiz yefito.uz partali orqali fitasanitar sertifikatni rasmiylashtirsa bo‘ladi. Bunday tashqari ayni yo‘nalishdagi imkoniyatlar yangiliklarni hamda eksport bilan bog‘liq savollariga javobni agentlikning barcha hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan eksport shtabidan olishlari mumkin.