“Markaziy eksport” shtabi o‘z faoliyatini boshladi

“Markaziy eksport” shtabi o‘z faoliyatini boshladi
O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligida “Markaziy eksport” shtabi o‘z faoliyatini boshladi
Davlatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 18-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda investisiya, eksport va sanoat sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligiga 2024-yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilgan edi. Belgilangan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida agentlik tizimida “Markaziy Eksport shtabi” tashkil etildi. Bu haqida batafsil muxbirimiz lavhasida.   Bugungi kunda mazkur shtabga 21 nafar mutaxassis biriktirilgan bo‘lib, 14 ta hududda “Eksport shtab”lari o‘z ishini boshlagan. Jumladan, Toshkent shaxar usimliklar karantin va ximoyasi boshkarmasida xam eksport shtabi uz faoliyatini olib bormokda. Mazkur shtablarning asosiy vazifalaridan biri qishloq xo‘jalishi mahsulotlari eksporti bilan bog‘liq samarali ish tashkil qilish, eksportchi korxonalarga maksimal darajada ma’lumotlar va muammoli masalalar yechimida amaliy ko‘mak berish, respublikamizning eksport salohiyatini namoyish etish hamda jahon bozoriga chiqarilgan mahsulotlar hajmini yanada oshirishdan iborat. Shuningdek, shtabda respublikamizdagi eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining kunlik narx-navosi monitoringini ham amalga oshirishda bevosita xizmat qiladi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalar bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilgan bo‘lib, “Eksport shtabi” a’zolari 39 ta xorijiy davlatlar elchixonalariga biriktirilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-