Navoiy viloyati va Rossiya kompaniyalari o'rtasida kelishuvlarga erishildi

Navoiy viloyati va Rossiya kompaniyalari o'rtasida kelishuvlarga erishildi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida O‘zbekiston – Rossiya hududlararo hamkorlik bo‘yicha III forumi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirok etishdi.

Dastlab viloyat delegatsiyasi Tatariston Respublikasidagi yirik sanoat parklaridan biri – KIP “Master” ishlab chiqarish jarayonlarini borib ko‘rishdi.
KIP “Master” – Tataristonning yirik sanoat parklaridan biri bo‘lib, 1,5 million kvadrat metr hududni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda ushbu sanoat parkining 300 ga yaqin rezidentlari mavjud. Ular tomonidan 12 mingta ish o‘rni yaratilgan.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyat delegatsiyasi ushbu sanoat zonasi faoliyati, boshqaruv modeli hamda rezidentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, parkdagi “KamAZ”, “StiS Naberejnыye Chelnы”, “Kora”, “Traks Vostok Rus”, “Logikam” kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi.
Forum doirasida esa O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo- iqtisodiy aloqalar, Navoiy viloyatida xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, Navoiy viloyatining investision, sanoat, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatlari to‘g‘risida taqdimotlar namoyish etildi.
Rossiya kompaniyalari vakillari bilan G2B va B2B formatida muzokaralarda ishtirok etgan viloyat hokimi N.Tursunov “Aleksandr Grad”, “Ob’yedinennaya dvigatele-stroitelnaya korporatsiya”, “Kora”, “Latossa”, “AvtoVAZ” va boshqa kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Yakunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida “KIP “Master” hamkorligida 20 gektar yer maydonida sanoat parkini tashkil etish, shuningdek, “Latossa” va “Kora” kompaniyalari bilan tashkil etiladigan mazkur sanoat parkida investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-