Ko’chmas mulkka bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilmaganligi uchun javobgarlik mavjud
Ko‘chmas mulkning kadastr idoralaridan davlat ro‘yxatidan o‘tganligi muhim ahamiyatga ega. Sababi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktining davlat tomonidan tan olinishini bildiradi.
– Joriy yilning o‘tgan to’qqiz oyi davomida ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyat boshqarmasiga Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda notariuslar orqali yuridik va jismoniy shaxslar nomidan 24 955 ta buyurtma kelib tushgan bo‘lib, shundan 17 353 ta buyurtma ijobiy hal etildi,6 515 ta buyurtma rad qilingan, 169 ta buyurtma arizalar yangi arizalar va 918 ta buyurtma uchun o‘rnatilgan tartibda to‘lov shakllangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar to‘lovi kutilmoqda.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun buyurtma berilib to’lov amalga oshirilmasa nima bo’ladi ?
Buyurtmalarning to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari kechikishiga va bu o‘z navbatida ko‘chmas mulk egasiga bir qator noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Sababi, to‘lov amalga oshirilmagandan so‘ng yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi kadastr idorasidan rasman davlat ro‘yxatidan o‘tmaydi va “Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat Reyestridan ko‘chirma” berilmaydi.
Natijada ko‘chmas mulkka oid ma’lumotlar ko‘chmas mulkning avvalgi egasi nomida turadi va ushbu ko‘chmas mulkka taalluqli har qanday soliq to‘lovlari unga yuboriladi, shuningdek, avtomatik tarzda turli cheklov va taqiqlar qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek bugungi kunda “to‘lovi kutilmoqda” bo‘lib turgan buyurtmalarni bekor qilib, yangidan buyurtma talab etiladigan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida respublikamizda bazaviy hisoblash miqdori ham o‘zgarganligi sababli, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa oshishiga olib keladi.
Joriy yilning 1 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi. Shu jumladan MJTKning 68 prim 1 moddasiga asosan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot kotibi Sh.Primqulov