2023-yil 1-iyuliga qadar Kadastr agentligiga qancha yuridik va jismoniy shaxslardan ariza kelib tushgan?
2023-yil 1-iyuliga qadar Kadastr agentligiga qancha yuridik va jismoniy shaxslardan ariza kelib tushgan?
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga 2023-yil 1-iyul holatiga fuqaro va tadbirkorlardan jami 6 748 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 6 250 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 4 047 tasi yoki 64,8 foizi qanoatlantirilgan, 2 092 tasi yoki 33,5 foiziga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 111 tasi yoki 1,8 foiziga rad javobi berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga 2023-yil 1-iyul holatiga fuqaro va tadbirkorlardan jami 6 748 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 6 250 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 4 047 tasi yoki 64,8 foizi qanoatlantirilgan, 2 092 tasi yoki 33,5 foiziga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 111 tasi yoki 1,8 foiziga rad javobi berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, Prezident virtual qabulxonasi orqali – 4 001 ta, Tadbirkorlar virtual ofisi orqali – 168 ta, Bosh Prokuratura orqali – 415 ta, Kasaba uyushmalari ishonch telefoni
orqali – 74 ta va Kadastr agentligiga bevosita jismoniy va yuridik shaxslar hamda boshqa vazirlik va idoralar orqali – 2 090 ta murojaatlar kelib tushgan.
Kadastr agentligi, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlarida barcha idoraviy hujjatlar, murojaatlar, buyruqlar va boshqa ichki yozishmalar Elektron hujjat almashish avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirib kelinadi. Kelib tushgan murojaatlar yo‘nalishiga ko‘ra, Direktor va o‘rinbosarlar kesimida boshqarma va bo‘limlar tomonidan tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi.
Kadastr agentligi, tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali yil boshidan jami 11 714 ta murojaatlar kelib tushgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda,
- Yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash – 5 279 ta
- Yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish – 1993 ta
- Yer maydoni ajratish (qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik) – 268 ta,
- Kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan – 1014 ta
- Kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq holatlar – 1014 ta
- Boshqa masalalar bo‘yicha esa – 1300 ta ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
2023-yil davomida Kadastr agentligi hududiy boshqarmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan kamchiliklar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun javobgarlikka tortilish holatlari tahlil qilinganda, 2 ta lavozimdan ozod etish, 10 ta jarima va 82 ta hayfsan, jami 94 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Kadastr agentligi rahbariyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq, o‘tgan davr mobaynida, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro, Xorazm, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida sayyor qabullar tashkil etildi. Bunday sayyor qabullar orqali viloyatlarning chekka hududlaridagi fuqaro va tadbirkorlar bilan ishlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Ushbu qabullarda, 270 dan ortiq fuqarolar ishtirok etgan bo‘lib, 218 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi. Qolgan fuqarolarga qabul davomida mutaxassislar tomonidan huquqiy ma’lumotlar berildi. Ijro uchun qabul qilingan murojaatlarning 35 foiz masalasi hal etilib, ijobiy ko‘rib chiqildi.