Xodimlarning sanatoriy va dam olish uylariga yoʻllanmalar olish tartibi

-Xodim sanatoriyga yoʻllanma olish uchun ish joyida tuzilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasiga murojaat qiladi.
-Kasaba uyushmasi tuzilmagan tashkilot xodimlari sanatoriy yoʻllanmasi olish uchun ish beruvchining ishonchnomasiga asosan hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga murojaat qiladi.
-Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga tizimdagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
-Xodim oʻziga maʼqul kelgan sanatoriyni tanlab, sanatoriyga yoʻllanma ajratish boʻyicha ariza topshiradi.
-Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimning arizasini qabul qilib, sanatoriyga yoʻllanma olish uchun murojaatlarni roʻyxatga olish kitobiga (13 forma) kiritib, navbat oladi.
-Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga imtiyozli yoʻllanma olish uchun hisobidagi mablagʻdan kelib chiqqan holda yuqori turuvchi kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlariga buyurtma beradi.
-Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlari buyurtmani qabul qiladi va soʻralgan sanatoriyga yoʻllanmani tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi ishonchnomasiga asosan ajratadi.
-Xodim kasaba uyushmasi qoʻmitasidan yoʻllanma olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-ariza;
-tibbiy maʼlumotnoma;
-pasport nusxasi;
-mehnat daftarchasi nusxasi;
-mehnat taʼtili berilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
-yoʻllanma qiymati toʻliq yoki qisman toʻlangani (yoʻllanma narxining 45 foizi) toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozi (kvitansiya).
Xodim sanatoriy yoʻllanmasi hamda tibbiyot muassasasidan sanatoriyga taqdim etish uchun sanatoriy-kurort kartasini (0.7.2./U-shakl) olib, sanatoriyga yoʻllanmada belgilangan kunda borishi kerak.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federayiyasi tizimidagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot

Комментарии (1)