Bayram kunlari qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

''Navro‘z'' bayrami kunlari ham tibbiyot muassasalari aholi uchun xizmat ko‘rsatadi.
SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, bayram kunlari quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:
-1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika;
-1080 ta oilaviy shifokor punkti;
-1002 ta mahalla tibbiyot punkti;
-tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
-ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
-tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Respublika bo‘yicha 2 755 ta tez tibbiy yordam brigadasi ham aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.