Buxoroda ''Turizm markazi'' qurish uchun aholi yashash uylari buziladimi?

Buxoroda ''Turizm markazi'' qurish uchun aholi yashash uylari buziladimi?
Buxoroda ''Turizm markazi'' qurish uchun aholi yashash uylari buziladimi?
Buxoro shahrida  “Turizm markazi”ni qurish loyihasi doirasida  faqat maʼmuriy binolar boshqa hududga koʻchiriladi va bu ishlar investor tomonidan amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha,  '' Turizm markazi''ni qurishda aholi yashash xonadonlarini vayron qilish koʻzda tutilmagan.
Bugungi kunda qurilish rejalashtirilgan hududda 14 ta davlat tashkiloti va 10 ta xususiy mulkdorlarga tegishli jami 24 ta bino va inshootlar mavjud boʻlib, ularni boshqa hududga investor bilan kelishgan holda koʻchirish maqsad qilingan. Yangi maʼmuriy markaz uchun tanlangan hududda viloyat va shahar hokimiyati binolari, boshqarmalar, markaziy xiyobon, madaniyat va yoshlar markazi, zamonaviy sport majmuasi, markaziy oʻyingoh, Yangi Oʻzbekiston bogʻi, savdo markazlari, tijorat banklari qad rostlaydi. Bu ishlar 2023-2025-yillarda amalga oshiriladi.
Buxoro viloyatininig yangi maʼmuriy markazini joylashtirish uchun Buxoro shahridagi “Gulchorbog‘” va “Otbozor” MFY hududidan birinchi bosqichda 100 gektar yer maydoni ajratilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-