Islohotlar inson manfaatlari uchun xizmat qiladi

Islohotlar inson manfaatlari uchun xizmat qiladi
Mamlakatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar sud-huquq tizimini ham chetlab o'tmadi
Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash hamda sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan bu kabi  ishlar natijasida odil  sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish yangi  bosqichga chiqdi desak mubolag’a bo‘lmaydi.
Jumladan viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qattiq ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari  bo'yicha alohida sudlov hay'atlarini tashkil etgan holda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi   viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilishi, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazilishi,  maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlari tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan tuman (shahar) maʼmuriy sudlari tugatildi , bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar  va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari saqlab qolindi.
Zero, Davlatimiz rahbarining ''Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak'' degan ezgu gʻoyani ilgari surgani davlat idoralari maʼsullarning masʼuliyatini oshirishga yana bir turtki boʻlib,  faqat inson manfaatlariga xizmat qiladigan qonunga boʻysunib va  amal qilib ishlashni talab etadi.  Prezidentimiz tomonidan qo'yilgan bunday adolatli talab o'z-o'zidan har tomonlama yetuk, halol va  kasbiga sadoqatli sudyalar korpusini shakllantirishni taqozo etadi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.  2022 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda adolat va qonun ustunligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish vazifasi alohida maqsadlar bilan mustahkamlanib,  kelgusida sud tizimidagi islohotlarga zamin yaratildi
Taʼkidlash kerakki sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar mamlakatimizda qonun ustuvorligini,  ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur ezgu maqsadni roʻyobga chiqarishda sudyalar zimmasiga o'ta muhim vazifa - odil sudlovni Konstitutsiya va qonunlardan hamda adolat tamoyildan ogʻishmay amalga oshirish yuklatiladi.

O'ktam Rasulov 
Jinoyat ishlari boʻyicha Ko'kdala tuman sudi raisi
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-