Bugun O'zbekiston - Rossiya biznes forumi boshlandi

Bugun O'zbekiston - Rossiya biznes forumi boshlandi
Samarqand shahrida O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi boshlandi.Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, mintaqalari, tarmoq birlashmalari va uyushmalar rahbarlari, shuningdek, 500 dan ortiq yetakchi kompaniya va korporasiyalar vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Rossiya Federasiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik keyingi yillarda jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Xususan, qo‘shma sarmoyaviy loyihalar soni ortib, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lami kengaymoqda. Buning natijasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘smoqda. Jumladan, so‘nggi besh yilda tovar ayirboshlash 170 foizga o‘sdi, 2021 yil oxiriga kelib esa yana uchdan bir qismga ko‘payib, 7,5 milliard dollardan oshdi. Yaqin orada bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish va bundan ikki tomon ham manfaatdor ekani bildirildi. 

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-