Tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik: Turkiyaga eksport va import qilish yanada osonlashdi
Eslatib o‘tamiz, joriy yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti prezidentlarining sammiti doirasida yangi transport tranzit koridorlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Ushbu kelishuv samarasi o‘laroq bugun Toshkentga Turkiyaning Izmir shahridagi “Gumruh” stansiyasidan 40 ta vagondan iborat birinchi yuk poyezdi yetib keldi.
Eʼtiborli tomoni shundaki, ushbu poyezd “Turkiya – Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston” yo‘nalishida dastlabki yuk poyezdi hisoblanadi. Hozirda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yana 250 dan ortiq vagon kelishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, ushbu yo'nalish katta rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lib, O'zbekiston yuklarini xalqaro yo'nalishlarda tashish uchun qo'shimcha yo‘nalish hisoblanadi va yurtimiz tadbirkorlari uchun O‘zbekistondan Turkiyaga eksport yuklarini jo‘natishda hamda import yuklarini olib kelishda eng tez va qulay yo‘nalishlardan biri biridir.