35 yillik sharafli sana — yuksak e’tirof va e’tibor!

35 yillik sharafli sana — yuksak e’tirof va e’tibor!
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tizimida, xususan, Toshkent shahrida o‘simliklar xavfsizligini ta’minlash, fitosanitar barqarorlikni mustahkamlash hamda eksport geografiyasini kengaytirish yo‘lida ko‘p yillar davomida samarali va fidokorona mehnat qilib kelayotgan rahbar xodimlar — Abidov Akmal Shukurillayevich, Sultanova Movluda Gʻofurovna va Shakirova Gulchehra Turgunovna davlatimiz tomonidan yuksak e’tirofga munosib deb topildilar.

Ularning ko‘p yillik halol mehnati, kasbiga sadoqati, soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi hamda yurtimiz eksport salohiyatini oshirish borasidagi fidoyiligi munosib baholanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishlari — katta sharaf va yuksak e’tirofdir.

Bu qutlug‘ mukofot — yillar davomidagi mehnat, mas’uliyat va fidoyilikning munosib natijasi, soha xodimlari uchun esa ibrat va g‘urur timsolidir.



Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-