Endilikda kamera o‘rnatgan tadbirkorlar jarimalardan 50 foiz emas, 25 foizlik ulush oladi

Endilikda kamera o‘rnatgan tadbirkorlar jarimalardan  50 foiz emas, 25 foizlik ulush oladi
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini yanada rivojlantirishga doir yangi qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

– tuman (shahar) hokimliklariga, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan investorlarga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik tizimlari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasini taqsimlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
a) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik tizimlari joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab:
30 foizi – bevosita tuman (shahar) mahalliy byudjetiga, mazkur mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga maqsadli yo‘naltiriladi;
50 foizi – O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;
10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga;
5 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati DYHXX moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
5 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;

b) davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan investorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik tizimlari joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatigacha:

30 foizi – bevosita tuman (shahar) mahalliy byudjetiga, mazkur mablag‘lar yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qo‘shimcha shtatlarini kiritishga maqsadli yo‘naltiriladi;

25 foizi – davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan investorlarning hisobvarag‘iga;
20 foizi – O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;
10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga;
10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati DYHXX moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
5 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga yo‘naltiriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-