Davlat gerbi va bayrog’i tasviri tushirilgan ''bokal''larni sotish mumkin emas

Davlat gerbi va bayrog’i tasviri tushirilgan ''bokal''larni sotish mumkin emas
Davlat gerbi va bayrog’i tasviri tushirilgan ''bokal''larni sotish mumkin emas
Instagram platformasidagi kanallardan birida davlat gerbi va bayrog‘ining tasviri tushirilgan "bokal"larning surati joylashtirildi. Bu bo'yicha Adliya vazirligi munosabat bildirdi. 
Vazirlikning qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-1-moddasi hamda "Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonunining 5-2-moddasiga muvofiq, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
"Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasida davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar; davlatlarning rasmiy nomlari  tovar belgilari sifatida ro'yxatdan o'tkazilmasligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 215-moddasida O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha (7,5 mln) miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-