Sud- huquq tizimidagi islohotlar bo'yicha Ashurali Toshev o'z fikrlarini bildirdi

Sud- huquq tizimidagi islohotlar bo'yicha Ashurali Toshev o'z fikrlarini bildirdi
Sud -huquq tizimini  isloh qilish bevosita mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishga, qonun ustuvorligini va qonuniylikni mustahkamlashga,  shaxs manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishni koʻzda tutadi.
Mamlakatimizda mustaqil va holi sudni talab qilish har bir insonning huquq hisoblanadi.  Bu huquq Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida shu bilan birga  O‘zbekiston a'zo bo'lgan  boshqa xalqaro hujjatlarda belgilab qo'yilgan.
Faqat mustaqil sudlargina har bir fuqaroning ishini sudda holis va oshkora koʻrish orqali toptalgan haq- huquqlarni himoya qilishi mumkinligiga ishonch uygʻota oladi.
Bu jihatdan Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga zamin yaratadi.
Jumladan, sudlar mustaqilligini taʼminlash maqsadida, Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi.  Shuningdek, Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi.  Hududlardagi xoʻjalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida qayta tashkil etildi.
71 ta tumanlararo tuman (shahar)  iqtisodiy sudiga ishlarni birinchi instansiyada ko'rib chiqish vakolati berildi. Sudya lavozimida faoliyat yuritishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddati va muddatsiz  davri belgilandi.
Sudlar faoliyatining shaffofligi ochiqligi yo'lida 10 mingdan ortiq jinoyat ishi sayyor sud muhokamalarida koʻrib chiqildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash va dastlabki tergovning eng yuqori muddatda kamaytirildi.

Ashurali Toshev 
Jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudi raisi
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-