Nukusda bolalarni internetdagi zararli kontentdan himoya qilish masalasiga bagʻishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Nukusda bolalarni internetdagi zararli kontentdan himoya qilish masalasiga bagʻishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi
Bolalar internetdan tobora ko‘proq foydalanayotgan bugungi raqamli davrda ularni zararli axborotdan himoya qilish muhim masalaga aylandi. Buning uchun axborot makonida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va axborot tarqatuvchilarining mas’uliyatini oshirish zarur. Shu maqsadda Nukus shahrida “Axborot makonida milliy qonunchilik talablari, kontent mas’uliyati va bolalarni zararli axborotdan himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzusida hududlararo o‘quv-seminar o‘tkazildi.

📎Unda mahalliy hokimliklar, ommaviy axborot vositalari, noshirlik sohasi hamda tegishli tashkilotlardan 200 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi. Xorazm va Buxoro viloyatlari mutaxassislari esa mazkur muloqotga masofadan turib ulandi.
❕Seminarda so‘nggi paytlarda internet muhitida bolalar duch kelayotgan xatarlar — kiberbulling, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, giyohvandlik va behayolik targ‘ibotining oldini olish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sohada olib borilgan monitoring natijalari tahlil qilindi:

🔍
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotlar bo‘yicha
 3 150 

ta holat qayd etilgan;

«UZ» domenida
gi 915 ta saytda 1 854 ta qonunbuzi

lish (asosan qimor, nojo‘ya materiallar, tamaki va alkogol reklamasi) aniqlangan;

Internet resurslari, teleradiokanallar va bosma nashrlarda
yana 1 

400 ta holatda belgilangan qonunchilik talablari buzilgani aniq
langan.

📝 Yig‘ilishda ishtirokchilarga axborot mahsulotlarini yosh toifalariga ko‘ra to‘g‘ri tasniflash, ekspertizadan o‘tkazish va OAVni ro‘yxatga olish tartiblari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Mutaxassislar asosiy e’tiborni jazolashga emas, balki zamonaviy IT-yechimlar orqali xavfli kontentning oldini olish hamda bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalari va ota-onalar hamkorligini kuchaytirishga qaratish lozimligini qayd etdilar.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-