Ekologik muammolarga nega befarqmiz?
Ayni vaqtda mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahri dunyo shaharlari ichida “birinchilik”ni qo‘ldan bermay kelayapti. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahrida atmosferasi ifloslanishiga sabab bo‘layotgan bir qancha asosiy holatlarni keltirib o‘tdi.
Xususan, antropogen omillar — shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan qurilishlarning jadal amalga oshirilayotgani, qurilishlar sababli moratoriy e’lon qilinganiga qaramasdan daraxtlarning kesilishi, ekologik standart talablariga javob bermaydigan (AI-80) yoqilg‘idan foydalanayotgan mashinalarning me’yoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarayotganligi atmosferaning ifloslanishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi. Respublikamiz poytaxtida bu muammo kun tartibida ekan, Toshkentning biqinida joylashgan Ohangaron shahri va tumanida ahvol qanday? Mas’ullar va jamoatchilik faollarining ushbu muammo xususidagi fikr-mulohazalariga e’tibor qaratdik.
Turg‘un NISHONOV, Ohangaron shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i:
– Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan. Deyarli har bir yirik shahar atmosferasida yuqori miqdorda ifloslantiruvchi moddalar kuzatiladi, ular ekotizim va aholi salomatligiga salbiy ta’sir etadi.
Bo‘limimiz tomonidan joylarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir qonun talablari ijrosi ustidan davlat nazoratini amalga oshiramiz. O‘tgan 2023 yilning 12 oyi davomida inspektorlar tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 79-moddasi, 1-qismi bilan fuqarolarga 3 ta holatda, ushbu moddaning 2-qismi bilan yuridik shaxslarga 4 ta holatda ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan edi. Joriy yilning 7 oyi davomida esa tabiatga zarar yetkazgan 11 nafar yuridik hamda 1 nafar jismoniy shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzildi.
Salomat O‘LMASOVA, O‘zbekiston ekologik
partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi:
– Ohangaron shahri yurtimizdagi yirik sanoat hududlaridan biri hisoblanadi. Shahrimizda, shuningdek, Ohangaron tumanida ham keyingi yillarda ishlab chiqarish korxonalarning salmog‘i ancha ortdi. Bundan tashqari, shahrimiz va tumanimizning sanoat shaharlari- Olmaliq va Angren qurshovida joylashganligi, qolaversa hududimiz Toshkent-O‘sh avtomagistral yo‘li bo‘yida ekanligi atrof-muhit musaffoligiga, demakki insonlar salomatligiga ham ta’sir etmasdan qolmaydi. Xalqaro yo‘lda transport qatnovi tunu-kun to‘xtamaydi. Avtoulovlardan chiqayotgan zaharli gazlar atrof-muhitga katta muammo tug‘dirayotganligi ham dolzarb masala bo‘lib turibdi. Mana shunday salbiy ta’sirlarning oldini olish borasida mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borayapmiz.
Shohruh Xolboyev, Ohangaron tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i:
–Tumanda faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilot hamda tadbirkorlik sub’yektlari, MFYlarda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi” O‘zbekiston Respublikasining qonuni va qonunosti hujjatlari talablari yuzasidan sohaga oid mavzularda muntazam davra suhbatlari o‘tkazilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Biroq, 2023 yilning 12 oyi mobaynida fuqarolar tomonidan 132 ta huquqbuzarlik holatlari kuzatildi. Shu yilning 7 oyi mobaynida 12 ta holatda huquqbuzarlikka oid ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shunday ekan, muammoning oldini olish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida belgilangan vazifalarni samarali bajarish uchun avvalo, davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish zarur.
Gulshoda ABILOVA, O‘zbekiston ekologik
partiyasi Ohangaron tuman partiya tashkiloti Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi:
– Nafaqat, avtoulovlardan chiqayotgan zaharli gazlar, shuningdek, yaqin yillar ichida ko‘p kuzatilayotgan chang-to‘zonlar iqlim musaffoligiga salbiy ta’sir etuvchi tabiiy manbalardir. Shu bilan birga yangidan barpo etilgan sanoat va issiqlik energetikasi korxonalari, uylarni isitish tizimlari, qishloq xo‘jaligi, maishiy chiqindilar ham atmosfera ifloslanishiga ta’sir etadi.

Bu kabi dolzarb ekologik muammolarga yechim topishning samarali usullaridan biri shubhasiz, daraxtzor va o‘rmonlarni asrash va ko‘paytirishdir. Inson doim ham atrofidagi moʻjizalar haqida chuqur o‘ylab ko‘rmaydi. Misol uchun, daraxtlarni oling. Biz faqat uning mevasini terib yeyishni bilamiz xolos. Biroq, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishlarining zararli ta’sirining oldini olishda bu bebaho yashil do‘stlarimiz beminnat ko‘makchi ekanligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ekilgan ko‘chatlarning parvarish jarayonini nazoratga olish, hududda yashil bog‘larni ko‘paytirish lozim.
Muborak MAMATQULOVA, shahrimizdagi 1-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi:
– Shahrimizdagi dolzarb ekologik muammolarning oldini olish uchun ayrim jihatlarga e’tibor qaratish kerak.
* Aholi va yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat va bilim yetarli emas. Shunday ekan, mavzuga doir trening mashg‘ulotlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
* Aholi o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish zarur.
* Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish lozim. Shunday qilish kerakki, bir qarich joy ham bo‘sh, ochiq qolmasin. Axir bebaho ona zaminimizga cho‘pni qadasak ham ko‘karadi. Hech bo‘lmaganda “gazon-yashil o‘tloq”larni kengaytiraylik.
* Yangi o‘quv yili avvalida 1-sinf o‘quvchilari ota - onasi bilan birga maktab bog‘iga nihol qadasa, ilm maskanlarimiz yashil bo‘stonga aylanadi. Bu jarayonni an’anaviy kun yoki tadbirga aylantirish mumkin.
* Fitonsid ajratuvchi daraxtlarni ko‘paytirish foydalidir. Chunki o‘zidan ushbu moddani chiqaradigan archa, qayrag‘och, terak, zarang kabi daraxtlar mikroblarni yo‘qotish xususiyatiga ega.
* Chiqindi nuqtalarini nazoratga olish, har bir fuqaro o‘z uyi, ostonasining tozaligiga e’tibor qaratishi zarur.
Ekologik muammolar yechimi, atrof-muhit muhofazasi umum ishi. Shunday ekan, bu jarayonga hamma birdek, bahamjihatlikda e’tibor qaratmas ekan, xavf ham, muammo ham ortib boraveradi. Darvoqe, atrof-muhit, tabiatga ongli munosabatda bo‘lish bizning fuqarolik burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida belgilanganidek: “Fuqarolar atrof- tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 49-moddasida: “ Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”, – deyilgan.
Afsuski hali hamon o‘z haq-huquqimiz, burch va mas’uliyatimizni tushunib yetganimiz yo‘q. Jamoatchilik nazoratining bizda hali hanuz shakllanmaganligi esa og‘riqli nuqtalarimizdan biri. To‘g‘rirog‘i asosiy muammolarning ildizi desak, adashmaymiz. Aslida ham kuchli fuqarolik tuyg‘usi, faol jamoatchilik nazorati shakllanmagan joyda muammolar bo‘y ko‘rsataveradi.
Shoira To‘laganova.