Sobiq mahkumalarga imkoniyatlar bor, biroq...
Jamiyatimizda qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqqan ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq ta’na-dashnom va salbiy munosabatga uchraydi. Ular nafaqat jamiyatning, hatto qarindosh-urug‘larning ham malomatlari-yu ayblovlari ostida qolib ketishi mumkin. Shu bois sobiq mahkumalarga ozodlikda “barchasini qaytadan boshlash” ancha qiyin kechadi. Salbiy munosabat sabab ozodlikka chiqqan ayollarning qanchadir qismi panjara ortidagi hayotni sog‘ina boshlaydi, qarabsizki, yana jinoyatga qo‘l uradi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa jamiyat ongidagi eskicha qarashlar, salbiy stereotiplardan voz kechish kerak.
– 3 yillik umrim qamoqda o‘tdi. Ozodlikka chiqib, uyga kelsam, turmush o‘rtog‘im ichkilikka berilib ketibdi, ro‘zg‘or bilan ham, farzandlarimiz bilan ham ishi bo‘lmay qolibdi, ustiga ustak erim jigar sirroziga chalinibdi. Eng kichik farzandimiz 15 yoshda, kattasi 19 yoshga to‘ldi. Uyimizda yashash uchun deyarli sharoit yo‘q, lekin shunisiga ham shukr qilaman. Ahvolni ko‘rib, buyog‘iga ertayu kech mehnat qilishim kerakligini anglab yetdim. Yaxshiyam to‘ng‘ich o‘g‘lim o‘qishdan tashqari vaqtlarida qishlog‘imiz yaqinidagi g‘isht zavodida ishlab, ro‘zg‘orga qarashib turibdi.
O‘zim ham kunlik ishlarda ishlayapman, bir amallab qora qozonni qaynatyapmiz. Biroq ro‘zg‘orning kamini to‘ldirish qiyin. Erim xasta, tirikchilik og‘irlik qilyapti. Gohida yo‘qchilikdan ezilaman. Mahalla mas’ullaridan yordam so‘rasam, tomorqam borligini ro‘kach qilishadi. Oqar suv yaxshi emas, tomorqamga nimani ham eka olardim? Menga doimiy ish ham, kasbga o‘qitish ham, psixolog ko‘magi ham kerak emas. Ish topishda muammo yo‘q, biror kun uyda bekor o‘tirmaganman. Qo‘lim ishga bormay qolganida ham alamimni mehnatdan olaman. Lekin ro‘zg‘orimda yig‘ilib qolgan 3 yillik muammolarni yenga olmayapman. Jazoni o‘tab qaytgan men kabi ayollarning ko‘pchiligi ana shunday muammolarga duch keladi, nazarimda, – deydi yaqinda ozodlikka chiqqan Gulbahor (ism o‘zgartirilgan).
O‘nga yaqin sobiq mahkumalar bilan suhbatlashdim. Angladimki, ularning hamma qatori hayot kechirishiga birgina jamiyatning salbiy munosabati emas, balki ko‘plab boshqa muammolar ham to‘siq bo‘layotgan ekan. Ohangaronlik Chaman (ism o‘zgartirilgan) ham katta bir fabrikada ishlab, risoladagidek yashab kelayotgan edi. Nima bo‘ldi-yu, birdaniga hammasi ostin-ustun bo‘lib ketdi.
– Qamoqdaligimda har kuni panjara ortida o‘tirishimga sababchi bo‘lgan insonlardan qasos olishni o‘ylardim. Ozodlikda ham tushkun kayfiyatda yashay boshladim, ammo qasos olish fikridan qaytdim. 4 yil ilgari dugonamga ishonib, firibgarlik tamg‘asi bilan panjara ortiga tushganman. Dugonam o‘zining qing‘ir ishlarida mendan foydalangan. Xullas, aldanganman. Ikkimizga bir vaqtda sud hukmi o‘qilgan. Ijtimoiy moslashuv markazi mas’ullaridan ish so‘rashimga hojat qolmadi, chunki ozodlikka chiqqanimdan so‘ng yaqinlarim meni bir necha bor tikuv syexlariga ishga joylashtirishdi. Hech qaysisida ko‘p ishlolmadim, biror narsani bahona qilib, ishdan bo‘shab kelaverdim. Hozir ham ishsizman. Oxirgi ish joyimda operator bo‘lib ishlardim, maoshi kam, o‘shani ham kechiktirib berishardi. Undan avvalgi ish joylarimda esa jamoa bilan kelisha olmadim. Maoshi yaxshi ishlarga diplom kerak. Mening aynan o‘qishim kerak bo‘lgan davrim panjara ortida o‘tdi. Xullas, negadir qo‘lim ishga bormayapti. Menga yaxshi psixolog topib bering, muxbir opa, – deydi u.
Mamlakatimizda sobiq mahkumlarni ijtimoiy moslashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir shahar va tumanda ozodlikka chiqqan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun Ijtimoiy moslashuv markazlari tashkil etilgan. Mahkumlar bilan ishlash jarayoni ular ozodlikka chiqishidan biroz oldin – ozodlikka tayyorlash bosqichida boshlanadi. Ozodlikka chiqishiga oz fursat qolgan shaxs haqidagi ma’lumot uning yashash joyidagi Ijtimoiy moslashuv markaziga yetkaziladi. Ozodlikka chiqish haqidagi ma’lumot bilan bir qatorda, penitensiar muassasadagi kadrlar tayyorlash markazida ta’lim olib, kasb-hunar egallagan shaxsning potensiali haqidagi ma’lumotnoma ham taqdim etiladi. Bunday markazlarda ozodlikka chiqqan shaxsni ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan turli xil xizmatlar ko‘rsatiladi.
– Yevropaning barcha mamlakatlarida sobiq mahkumalarga turli darajadagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Germaniyada ozodlikka chiqqan ayol 18 oygacha reabilitatsiya xizmatiga olinadi. Unga shu vaqt mobaynida barcha ijtimoiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. Biroq sobiq mahkuma o‘z farzandini qaytarib olishga juda qiynaladi. Bunga erishish uchun u bir nechta sinov muddatlaridan o‘tishi kerak. Turkiyada ham sobiq mahkumalarga beqiyos ijtimoiy xizmatlar mavjud. Ammo sobiq mahkumaning oilasi ko‘p hollarda uni qabul qilmaydi. U davlatda ayollar va bolalarning ijtimoiy himoyasi kuchli bo‘lsa-da, jamiyatdagi, oiladagi eskicha stereotiplarga chidab bo‘lmaydi. Saudiya Arabistonida sobiq mahkumalarga qanchalik ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini aniq bilmayman, biroq u yerda jazosini o‘tab, ozodlikka chiqayotgan mahkumalarga o‘zlarini moliyaviy tiklab olishlari uchun mo‘maygina pul beriladi. Markaziy Osiyodagi ko‘pgina davlatlarda sobiq mahkumalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi u qadar rivojlanmagan.

– Joriy yilda markazimiz tomonidan jazosini o‘tab qaytgan 4 nafar xotin-qizga bir martalik moddiy yordam (2 mln 62 ming so‘m) puli berildi. Bir nafarini jamoatchilik ishlariga jalb etdik. Ikki nafari ishlash niyati yo‘qligini aytdi. Yana bir nafari o‘zini o‘zi band qilgan, - deydi Ijtimoiy moslashuv markazining Ohangaron shahar bo‘limi rahbari Javohir Ergashev. - Markazimizda sobiq mahkumlarga zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilgan. Mutaxassislarning maslahati kerak bo‘ladimi, davolanishga yo‘llanmami, qariyalar yoki nogironlar uylariga joylashtirishmi, barcha holatlar o‘rganilib, yordam ko‘rsatiladi. Qolaversa, ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirish ham bizning vazifamiz. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan huquqbuzarlikning oldini olish va ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatish maqsadida nazorat o‘rnatganmiz. Sobiq mahkumlarning turmush tarzi, xulq-atvori va niyatlari to‘g‘risida axborot to‘plab, yashash joyini aniqlaymiz, zarur hollarda turar-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘ramiz. Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda ichki ishlar organi mas’ullari faoliyatimizga yaqindan yordam berishadi. Biz ozodlikka chiqqan shaxslarni qiyin ahvolda qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
Siz aytgan ikki nafar ayolning muammolariga keladigan bo‘lsak, Ohangaron shahrida yashovchi Chaman bilan bog‘landim. Uni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tajribali psixologi Zamira Sheraliyevaga biriktirdim. Psixolog u bilan individual ishlayapti. Yaqin kunlarda yaxshi natija bo‘ladi, deb umid qilaman.
Ikkinchi qahramonimizga ham ozodlikka chiqqanidan so‘ng bir martalik moddiy yordam ajratilgan ekan. Ayni damda uning kayfiyati yaxshi, bandligi ta’minlangan. Farzandlari deyarli voyaga yetgani, to‘ng‘ich farzandi ham ishlayotgani bois ularni kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritib bo‘lmaydi. Ammo uning jamiyatga to‘la moslashishi uchun yordam beramiz, muntazam xabar olib turamiz.
Bu sohadagi ijobiy o‘zgarishlarning aksariyati Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarlik lavozimiga kelganidan so‘ng amalga oshdi. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, 2017 yilda mamlakatimizda mahkumlar soni undan avvalgi 15 yildagidan ko‘ra ikki baravarga qisqargan. 2018 yili Vazirlar Mahkamasining Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 11 banddan iborat yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular mahkumlarga yordam berish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Ijtimoiy moslashuv markazi rahbari Shahzod Obidjonovning ta’kidlashicha, ushbu qarorlar amalda ishlamoqda.
– Ayrim shaxslarning ijtimoiy hayotga to‘la moslashib ketishi juda og‘ir kechadi. Biz ularga yaqindan ko‘mak berishimiz kerak. O‘tgan 2023 yilda viloyatimiz hududidagi 28 nafar sobiq mahkumga (ularning 23 nafari erkak, 5 nafari ayol), 2024 yilda esa 30 nafar ozodlikka chiqqan yurtdoshlarimizga tadbirkorlik qilishlari uchun 10 mln so‘mdan subsidiya ajratilgan, – deydi u. – 2023 yilda Toshkent viloyati hududidagi ozodlikka chiqqan 11 nafar shaxsga uy berilgan.
Sobiq mahkumalar bilan ishlash – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining ham zimmasidagi vazifalardan biri. Ohangaron tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari Sevara Dehqonova bu haqda shunday deydi:
– Respublikamizdagi mahallalarga bir nafardan xotin-qizlar faollari biriktirilgan. Ular ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ish topishda qiynalayotgan, kasb-hunar o‘rganishga, turli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga ehtiyoji bor fuqarolarga har tomonlama bepul ko‘mak beradi. Kambag‘al aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy byudjetdan pul ajratiladi. Sobiq mahkumalar ham bizning e’tiborimizda. Ularning ko‘ngli bilan hisoblashib ishlashga, to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga mas’ulmiz.
Bir nechta xorijiy davlatlarda yashagan, “Ayollar.uz” sayti muharriri Sabohat Rahmonova boshqa davlatlardagi sobiq mahkumalarga yaratilgan sharoitlar xususida shunday deydi:
– Yevropaning barcha mamlakatlarida sobiq mahkumalarga turli darajadagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Germaniyada ozodlikka chiqqan ayol 18 oygacha reabilitatsiya xizmatiga olinadi. Unga shu vaqt mobaynida barcha ijtimoiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. Biroq sobiq mahkuma o‘z farzandini qaytarib olishga juda qiynaladi. Bunga erishish uchun u bir nechta sinov muddatlaridan o‘tishi kerak. Turkiyada ham sobiq mahkumalarga beqiyos ijtimoiy xizmatlar mavjud. Ammo sobiq mahkumaning oilasi ko‘p hollarda uni qabul qilmaydi. U davlatda ayollar va bolalarning ijtimoiy himoyasi kuchli bo‘lsa-da, jamiyatdagi, oiladagi eskicha stereotiplarga chidab bo‘lmaydi. Saudiya Arabistonida sobiq mahkumalarga qanchalik ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini aniq bilmayman, biroq u yerda jazosini o‘tab, ozodlikka chiqayotgan mahkumalarga o‘zlarini moliyaviy tiklab olishlari uchun mo‘maygina pul beriladi. Markaziy Osiyodagi ko‘pgina davlatlarda sobiq mahkumalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi u qadar rivojlanmagan.
Inson har qanday holatda azizligicha qoladi. Xato qilgan shaxslar ham jazosini o‘tab qaytganlaridan so‘ng boshqalar kabi jamiyatda normal hayot kechirishga haqli. Biroq, o‘nlab, hatto yuzlab mahkumalar ozodlikka chiqqanlaridan so‘ng jamiyatga moslashib ketolmaydi. Masalaning mohiyatiga nazar solsak, respublikamizdagi yuzlab ayollarni takror panjara ortiga olib borayotgan omil – turli ko‘rinishdagi muammolar ekanini payqaymiz. Muammoning ildizi qayerda, nima qilsak, sobiq mahbuslar jamiyatga osonroq reintegratsiya bo‘ladi? Nima qilsak, eskicha stereotiplardan voz kechamiz, nima qilsak, jamiyatimiz jazosini o‘tab qaytgan shaxslarni bag‘riga oladi, to‘g‘ri yo‘lga qaytishiga ko‘maklashadi?! Bu kabi savollarni juda uzoq davom ettirish mumkin. Bu kabi muammolarga faqat soha mas’ullari emas, jamiyat ham kurashishi, yechim topishi kerak. Ana shundagina ko‘zlangan natijalarga osonroq erishish mumkin.