“O‘zgidromet” dan xushxabar: hafta davomida harorat pasayib boradi

“O‘zgidromet” dan xushxabar: hafta davomida harorat pasayib boradi
O‘tgan hafta respublika bo‘yicha kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng,
7-11 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda.
Havo harorati bugun kunduzi 36-41 darajani, 8-9 iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11 iyulda 31-36 darajani tashkil etadi. O‘zbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek tog‘ oldi va tog‘li hududlarda
9-10 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-