Hafta oxirigacha havo harorati yana ko‘tariladi

Hafta oxirigacha havo harorati yana ko‘tariladi
Hafta oxirigacha havo harorati yana ko‘tariladi

O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va iliq ob-havo keyingi kunlarda ham saqlanib turadi.
''O‘zgidromet'' xabarlariga ko‘ra, bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo bulutli bo‘lmaydi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi ayrim tog‘li hududlarida va respublika janubida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
25 aprelda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika barcha hududlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari +13...+15 darajagacha, ba’zi joylarda +16...+18 darajagacha, kunduz kunlari +30...+33 darajagacha, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda +35...+37 darajagacha ko‘tariladi, bu aprel oyining oxirgi o‘n kunlik me’yoriy qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
Poytaxtda bugun va ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +28...+30 daraja bo‘ladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-