Nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oʻqituvchilarga yoʻl haqi kompensatsiyasi to'lanadi

Adliya vazirligidan 2013-yil 5-martda 2435-son bilan ro‘yxatdan oʻtgan ''Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi'' Nizomga ko'ra
maktab oʻqituvchilariga – maktabdan oʻqitilayotgan oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa boʻlganda uyda oʻqitilayotgan bir nafar oʻquvchi uchun eng kam oylik ish haqi(EKOIH)ning 100 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Bir nafar uyda oʻqitilayotganga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.
Bunda, har bir maktab oʻqituvchisi uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori EKOIHning 100 foizidan oshmasligi lozim.
Kompensatsiyani toʻlash oʻtgan oy uchun oyning ikkinchi yarmi oylik ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda, alohida toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Maktab oʻqituvchilari taʼtilda, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan davr uchun kompensatsiya toʻlanmaydi.