Qanday pullar to‘lovga yaroqli bo‘ladi?
Qanday pullar to‘lovga yaroqli bo‘ladi?
Quyidagi holatdagi banknotlarni moneliksiz to‘lovga qabul qilish lozimligi va tushum puli sifatida banklarga topshirish mumkinligi belgilangan. Xususan, bular:
har qanday qismida teshik yoki yirtilish bo‘lgan, qog‘ozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qog‘oz ko‘rinishiga kelib qolgan) hamda dog‘lari bo‘lgan va turli rasm va (yoki) yozuvlar yozilgan banknotlar;
yirtilib bo‘laklarga ajralgan va yelimlangan pullar - agar pulning qismlari shubhasiz bitta banknotga tegishli bo‘lsa;
bo‘yoq moddalari yoki kislota to‘kilgan, tabiiy rangi o‘zgargan, kuygan, bo‘yalgan yoki chizilgan pullar;
banknotning ayrim qismiga (yoki qismlariga) yozilgan yozuvlar yoki bo‘yalgan (bo‘yoq to‘kilgan) joyi banknot umumiy hajmining 5 foizidan oshmaydigan banknotlar;
banknotning yirtilgan, teshilgan joyining diametri yoki yirtilib tushgan burchagi (qismi) 1 smdan oshmaydigan banknotlar;
rangi keskin tarzda o‘zgarmagan banknotlar;
shikastlanish turi va joylashishidan qat’i nazar, banknot to‘liq hajmining 55 foizidan kam bo‘lmagan qismi saqlanib qolingan pullar