Birovning yalang‘och foto va videolarini tarqatish bilan qo‘rqitganlar 120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi(mi?)

Birovning yalang‘och foto va videolarini tarqatish bilan qo‘rqitganlar 120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi(mi?)
Birovning yalang‘och foto va videolarini tarqatish bilan qo‘rqitganlar 120 million so‘mdan 180 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi(mi?)
Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Hujjatda xotin-qizlar, bolalar huquqiy himoyasi tizimini kuchaytirish maqsadida yangi javobgarlik turlarini joriy etish taklif etilmoqda.
Xususan, intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 141-3-modda bilan to‘ldiriladi:
“Shaxsning roziligisiz uning tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto yoki videotasvirini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoki bunday ma’lumotlarni tarqatish bilan qo‘rqitish — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 million so‘mdan 180 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa
360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Eslatib o'tamiz, ushbu qonun loyihasi muhokamasi 26-yanvarga qadar davom etadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-