O'zbekistonda 18 yoshga to'lmaganlar ishlashi mumkin bo'lmagan kasblar ro'yxati

Bu haqda tasdiqlanishi kutilayotgan 2022-yil 28-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq ushbu roʻyxat Vazirlar Mahakamasi tegishli qarorda qayd etilgan.
Roʻyxatga koʻra, voyaga yetmaganlar mehnatidan quyidagi ishlarda foydalanishi taqiqlanadi:
-togʻ ishlarida, metro, tunnellar va maxsus yer osti inshootlari qurilishida;
-geologiya qidiruv va topografiyageodeziya ishlarida;
-metallurgiya sanoatida;
-issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatishda (energetika xoʻjaligi);
-quduqlarni qazish, neft va gazni qazib olishda;
-neft, gaz, koʻmir, neft moylari va surtmalarini ishlab chiqarishda, magistral neft quvurlari, gaz quvurlari va neft bazalarida ishlashda;
-kimyoviy ishlab chiqarishda;
-neftkimyo sanoatida;
-mikrobioligik ishlab chiqarishda;
-dori-darmon, tibbiyot, bakteriy va biologik preparat va mahsulotlar ishlab chiqarishda;
-mashinasozlik va metallarni qayta ishlashda;
-uchuvchi apparat, dvigatel va ularning jihozlarini taʼmirlashda;
elektrotexnika sanoatida;
-radiotexnika va elektronlar ishlab chiqarish;
-qurilish materiallari sanoatida;
-keramik mahsulotlarni ishlab chiqarishda;
-farfor va fayans buyumlarini ishlab chiqarishda;
-shisha va shisha buyumlarini ishlab chiqarishda;
-qurilish, montaj va taʼmirlash-qurilish ishlarida;
-yogʻochni qayta ishlab chiqarishda;
-toʻqimachilik sanoatda;
-yengil sanoatda;
-oziq-ovqat sanoatida;
-poligrafiya ishlab chiqarishida;
-transport barcha turlarining umumiy kasblari;
-badiiy va zargarlik buyumlari, musiqa asboblari ishlab chiqarishda;
-sogʻliqni saqlash muassasalarining shifokorlarning-mehnat ekspertizasi, veterinar muassasalar, medisina, ilmiy tekshirish va oʻquv muassasalari, bakteriya va virus preparatlari korxonalari va farmasevtik fabrikalarida.
Maʼlum qilinishicha, mazkur qaror 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.