Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilgan shaxslarga amnistiya qo‘llanilmaydi

Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilgan shaxslarga amnistiya qo‘llanilmaydi
Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlar amnistiyaga tushmaydi,  ta’lim va tibbiyot muassasalarida ishlashi taqiqlanadi, birovning shaxsiy foto-video va yozishmalarini tarqatish bilan shantaj qilish uchun jinoiy javobgarlik bo‘ladi – qonun loyihasi.
Xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Xususan, ularga nisbatan:
-jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi;
-ayolni homilasini sun’iy tushirishga majburlash
nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish,  unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo  og‘irlashtirilmoqda;
-shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;
-jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish:  uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda;
-shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni va qadr qimmatiga, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatiladigan ta’lim  va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-