Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.
Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Xususan:
nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha;
ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha;
nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huqubuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.