Qozog'istonda cho'chqa grippi tarqaldi
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Azhar Giniyat parlament yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik vaziyat haqida gapirib o'tdi.
“Qozog‘istonda H1N1 cho‘chqa grippi qayd etilgan. Viruslar bir-biri bilan aralashib, miks-infeksiyani hosil qilmoqda. Mamlakatda superinfeksiya ham kuzatilmoqda”, — deya ta'kidladi sog‘liqni saqlash vaziri.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bundan oldin Rossiyada va Qirg‘izistonda ham cho‘chqa grippi epidemiyasi avj olyotgani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu kasallikning qanday alomatlari bor?
Choʼchqa grippiga shubha qilish uchun bemorda belgilar bilan birgalikda bemorning kasallik tarqalgan hududlarda boʼlishi va ushbu kasallikka chalingan bemorlar bilan kasallik boshlanishidan 7 kun oldin aloqada boʼlgan boʼlishi eʼtiborga olinadi.
Grippdan farq tomonlari shundaki, nafas olish tizimida yalligʼlanish belgilarining yuzaga kelib yoʼtal, angina, faringit, burunning bitishi kabi belgilarning paydo boʼlishidir. Bazi holatlarda qusish va ich ketish alomatlari yuzaga kelishi mumkin.
Odamlar odatda choʼchqa grippini kasallangan choʼchqalardan yuqtirishadi, baʼzi hollarda odamdan odamga yuqish kuzatilgan, ammo bu kasal odamlar bilan yaqin aloqada boʼlgan odamlar bilan cheklangan.
Kasallik faqat maxsus laborator tekshirish usullari bilan tasdiqlanadi.
O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko'ra, yurtimizda ushbu kasallik qayd etilmagan.