''Tolibon'' qizlarga OTMlarda tahsil olishni taqiqladi

“Tolibon” avvalroq qizlarga oʻrta taʼlim olishni taqiqlagani uchun tanqid qilingan edi.
“Tolibon” muvaqat hukumati mamlakatdagi qizlarga oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishni taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bermoqda.
“Hukumat (“Tolibon”) qaroriga koʻra, qizlarning oliy taʼlim olishi taqiqlanadi”, — deyiladi Oliy taʼlim vazirligi qarorida.
Buyruqda uni imkon qadar tezroq qoʻllash va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida vazirlikka maʼlum qilish zarurligi taʼkidlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasi (UNAMA) bir necha bor rasmiylarni qizlarning oʻqishni davom ettirishiga ruxsat berishga chaqirgan va agar qizlarning oʻrta maktablarga borishini taqiqlash davom etsa, bu mamlakatdagi inqiroz, xavfsizlik va qashshoqlikni yanada kuchaytirishidan xavotir bildirgan.