Shamollashdan himoya qiluvchi mahsulotlar ro'yxati
Kasal bo‘lmaslik uchun inson o‘z iste'mol ratsioniga qanday mahsulotlarni kiritish zarur?
1. Sarimsoqpiyoz
Immun tizimini mustahkamlaydi, viruslarga qarshi kurashishda organizmga yordam beradi.
Sarimsoqpiyozning bitta bo‘lagiini chaynash yoki kesish kerak. Ana shunda og‘iz bo‘shlig‘i va ichaklarni dezinfeksiyalovchi antibiotik allitsin hosil bo‘ladi.
Sarimsoq shamollashgacha va shamollagan vaqtda ham samarali: ayrim asoratlar oldini olishda yordam beradi. Buning uchun kuniga bitta bo‘lak iste'mol qilish kifoya.
2. Qizil bulg‘or qalampiri
C vitamini miqdori sitrus mevalari tarkibidagiga qaraganda ko‘proq. Immunitetni mustahkamlaydi.
3. Brokkoli
A, C, E vitaminlari manbai. Immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
4. Na'matak
C vitamini manbai. Yallig‘lanish va infeksiyalarga qarshi ta'sirga ega.
5. Klyukva
Tarkibida A, B, C va K vitaminlari bor. Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega.
6. Asal
Organizmning kurashuvchanligini oshiradi.
7. Sabzi
Tarkibida A vitamini bor. Shamollash va infeksion kasalliklarga qarshilikni oshiradi.
8. Yogurt va kefir
Organizm mikroflorasini mustahkamlaydi, immunitetni rag‘batlantiradi.
9. Suv
Organizmning qarshiligini oshiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
10. Dengiz balig‘i va dengiz mahsulotlari
Tarkibida rux (sink) bor. Shamollashning ilk belgilari bilan kurashishga yordam beradi.