Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar maktab-internatlari uchun darslik hamda audiokitoblar yaratilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ''Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlar to'g'risida'' gi qarorida xalq taʼlimi vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar oldiga qator vazifalar qo'yilgan. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2022- 2023-o'quv yili koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun, ixtisoslashtirilgan maktab internatlari uchun 35 nomda 41459 nusxa Brayl yozuvdagi darslik va oʻquv-metodik majmualar chop etish va 12 nomidagi audiokitoblar yaratish ishlari tashkil etildi.