Sudlar mustaqilligini ta'minlash yo'lidagi islohotlar
Yurtimizda sud organlari tizimidagi oʻzgarishlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishning yangi qirralarni yaratdi.
Huquq hamda qonun ustuvorligi hokimiyatlarning bo'linish tamoyili aniqlashtirildi. O‘zbekistonda keng qamrovli sud-huquq islohotlari olib borilib, demokratik davlatning huquqiy poydevori yaratildi.
Xususan, ''Sud qarorlarini qayta ko'rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida''gi Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻriladi.
Fuqarolar oʻz hisobidan maʼmuriy bayonnomaning koʻchirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio yoki videoyozuvini olishi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qaror ustidan maʼmuriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida koʻrish bekor qilinib, apellyasiya instansiyasi joriy etilgan.
''Sud qarorlarnini qayta ko'rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida''gi Qonun bilan Ma'muriy sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi tugatilgani, biznes ombudsmanga birinchi instansiya sudining tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq qonuniy kuchga kirmagan xal qiluv qarori ustidan apellyasiya shikoyati taqdim qilish huquqi berilgani, apellyasiya shikoyati qaror qabul qilingan kundan 1 oy muddatda berilishi mumkinligi belgilandi(ilgari bu muddat 20 kun edi). Apellyasiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish masalasini hal etishga oid ajrim haqida ishtirok etuvchi shaxslar 3 kunda xabardor qilinadi (ilgari xabardor qilish ajrim chiqarilgan kunda amalga oshirilgan).
Kassasiya shikoyati apellyasiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan 1 yilda berilishi mumkin( ilgari hal qiluvchi qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin 1 oy ichida berilishi mumkin edi).
Zero, sud- huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimizda qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni , fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Azim Akbarov
Jinoyat ishlari boʻyicha Kitob tuman sudi raisi