''Al-Azhar'' universiteti O‘zbekistonga oid qo‘lyozma asarlarni o‘rganmoqda
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi fondida saqlanayotgan jami 49 361 ta qo‘lyozma haqidagi ma’lumot jamlangan 28 kitobdan iborat yangilangan fixrist va 50 GB hajmdagi elektron fayl 8 ta CD-diskda keltirildi.
Ma’lumot uchun: “Al-Azhar” universiteti Fotimiylar davlati davrida (909—1171) tashkil etilgan bo‘lib, tarixi ming yilliklarga borib taqaladi va Islom olamida “Ilm markazi” degan nom olgan.
Dastlabki ilmiy izlanishlarda ushbu kutubxonada Ibn Sinoning "Al qonun fi at-tib" asari, Imom Buxoriy asarlarining 415 ta nusxasi va ko'plab allomalarimiz qo‘lyozmalarining nusxalari saqlanayotganligi aniqlandi. Bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirish natijasida yurtimiz tarixiga oid yangi topilmalar kashf qilinishi kutilmoqda.