“Tolibon” matbuot xizmati chegaradagi otishmada Pokistonni aybladi
“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid 15-dekabr kuni chegaradagi mojaro Pokiston harbiylari tomonidan boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar bergan.
Mujohid Twitter’dagi sahifasida Pokiston askarlari Afg‘onistonning Spinboldak tumanida otishma sodir etib, jang boshlaganini yozdi. U “Tolibon” har qanday muammoni muloqot yo‘li bilan hal qilishi, salbiy harakatlar va urushni bahona qilish tomonlarning hech biriga manfaatdor emasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 15-dekabr kuni Qandahorning Spinboldek shahrida “Tolibon” va Pokiston kuchlari yana to‘qnashdi. Manbalarga ko‘ra, bu mojaro “Tolibon” bu hududda nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatmoqchi bo'lganidan keyin boshlangan. Ammo Pokiston harbiylari bunga qarshilik qilgan. Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 15 kishi esa yaralangani aytilmoqda.