Xonadonida yong'in sodir bo'lgan fuqaro og'ir tan jarohati olib voqea joyida vafod etdi
12-dekabr kuni soat 13:41 larda Andijon tumani “Sanoat” MFY Sanoatchi ko‘chasidagi uylardan birida yong'in boshlangan.
Ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:43 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:46 da qurshab olinib, soat 14:04 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida ushbu xonadonda yashovchi 1959-yilda tug‘ilgan M.A. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan. Uning farzandi 1991-yilda tug‘ilgan Z.A. 85 foiz kuyish jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga yotqizilgan.
Aniqlanishicha, yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Uyning 40 metr kvadrat qismi yonib zararlangan, 200 metr kvadrat qismi saqlab qolingan.
Avvalroq, Namangandagi xonadonlarning biri yonib ketib, 70 yoshli fuqaro va uning 2-guruh nogironi bo'lgan o'g'li kuygandi.