Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida xonadonida salkam 1,5 kg marixuana saqlayotgan shaxs qo'lga olindi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida xonadonida salkam 1,5 kg marixuana saqlayotgan shaxs qo'lga olindi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Viloyatning Gʻijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqaro B.A.ning yashash xonadoni  ko‘zdan kechirildi.
Natijada, uning hovlisidagi ekin ekish uchun mo‘ljallangan yer maydonida 43 tup «Kannabis» giyohvandlik o‘simligi parvarishlayotganligi hamda 1437,19 gr. quritilgan holdagi marixuana giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-