Qashqadaryoda yirik miqdordagi pirotexnika vositalari olib kirilishining oldi olindi

Qashqadaryoda yirik miqdordagi pirotexnika vositalari olib kirilishining oldi olindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hududida xizmat olib borayotgan YPX va boshqa sohaviy xizmat xodimlari hamkorligidagi tekshiruvlar davomida haydovchi U.A. boshqaruvidagi " Isuzi " rusumli yuk avtomobili to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilgan. Mashina yukxonasida shirinliklar ortiga yashirilgan, qiymati 114 million 240 ming soʼmlik jami 403 200 dona pirotexnika vositalarini qonunga zid ravishda olib ketayotganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o'tamiz! Ushbu xabar Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatidan olingan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-