13-dekabrdan boshlab O'zbekneftgazga tegishli barcha AYoQSHlarda benzin narxi 5700 so'mdan sotiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz solig‘idan ozod qilish bo‘yicha” qarori qabul qilindi.
Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llaniladi.
Natijada AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan o‘rtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ma'lum qilishicha, 13-dekabrdan boshlab "O‘zbeknefgaz"ga qarashli barcha AYoQShlarda AI-80 benzini narxi bir litri uchun 5700 so‘mdan sotilishni boshlaydi. Eslatib o'tamiz, AI-80 markali benzinning narxi may oyidan beri 6800 so'm edi.
Qarorda aytilishicha, aksiz solig‘ining vaqtincha qo‘llanilmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd so‘m mablag‘ qoladi.
2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik subyektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda.