Ko'chmas mulkni bo'lish mexanizmi ishlab chiqildi

Ko'chmas mulkni bo'lish mexanizmi ishlab chiqildi

Ko'chmas mulkni bo'lish mexanizmi ishlab chiqildi 


Bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi 1060-son qaroriga muvofiq mulkdorlarda ularga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni bo‘lish huquqi mavjud bo‘lgan. Biroq, ko‘chmas mulkni bo‘lishning tartibi va mexanizmi aniq ko‘rsatilmagan edi. Endilikda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining  ayrim qarorlariga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qaroriga  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023 yildagi 424-son qarori bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, xususiylashtirilgan yer uchastkasi, binolarni bo‘lish tartibi “Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” Ma’muriy reglamenti bilan belgilab berildi.  
Mazkur Reglament orqali
-jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ayrim binolar va inshootlarga yoki ularning bir qismiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi munosabati bilan ushbu bino va inshootlar joylashgan mulk huquqidagi yer uchastkalarini;
-mulk huquqida tegishli bo‘sh yer uchastkasining bir qismi boshqa shaxsga
o‘tishi munosabati bilan;
-huquq egasining mulk huquqida tegishli bo‘sh yer uchastkasini alohida
qismlarga bo‘lish bo‘yicha murojaatiga asosan ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasini  rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi.
Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining  1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ko‘chmas mulkni bo‘lish tartibi faqatgina shaharsozlik me’yorlari asosida amalga oshirilishi kerak. Ilgari ko‘chmas mulkni bo‘lish jarayonlari uzoq vaqtni talab etgani bois mulkdorlar uchun turli xil noqulayliklarni keltirib chiqargan. Endilikda esa soha qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish tufayli ko‘chmas mulkni bo‘lish jarayoni ma’muriy reglament asosida tartibga solindi va mexanizmi ishlab chiqildi. Yangi tartibga ko‘ra, ko‘chmas mulklarni bo‘lishda Ko‘chmas mulklarning huquq egalari yoki ularning vakillari dalolatnoma rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zlari kelib murojaat etishlari, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti (kadastr.uz) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 

Xurshid Tadjibayev
Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi Bino-inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i

Комментарии (1)

Dr Macpherson
0
Dr Macpherson
Siz buyrak sotib olishni xohlaysizmi yoki o'zingizni sotmoqchimisiz buyrak? Moliyaviy inqiroz tufayli buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsizmi va nima qilishni bilmayapsizmi? qiling, keyin bugun biz bilan bog'laning va biz sizga yaxshilik taklif qilamiz Buyrak uchun pul miqdori $500 000 dollar. Mening ismim DOKTOR ABDUL MACPHERSON CLINIC nevrologiman. Bizning klinikamiz buyrak jarrohligi bo'yicha ixtisoslashgan va biz ham shug'ullanamiz tirikchilik bilan buyraklarni sotib olish va transplantatsiya qilish tegishli donor. Biz Hindiston, Turkiya, AQSh, Malayziya, Hindistonda joylashganmiz. Agar siz buyraklarni sotish yoki sotib olishni xohlasangiz, biz bilan bog'laning. Whatsapp: +393511042630 Telegram: +34603339007 Viber: +34603339007 Elektron pochta: doctormacphersonclinic@gmail.com Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan DR ABDUL

Siz buyrak sotib olishni xohlaysizmi yoki o'zingizni sotmoqchimisiz
buyrak? Moliyaviy inqiroz tufayli buyragingizni pulga sotish imkoniyatini qidiryapsizmi va nima qilishni bilmayapsizmi?
qiling, keyin bugun biz bilan bog'laning va biz sizga yaxshilik taklif qilamiz
Buyrak uchun pul miqdori $500 000 dollar. Mening ismim DOKTOR ABDUL MACPHERSON CLINIC nevrologiman. Bizning klinikamiz buyrak jarrohligi bo'yicha ixtisoslashgan va biz ham shug'ullanamiz
tirikchilik bilan buyraklarni sotib olish va transplantatsiya qilish
tegishli donor. Biz Hindiston, Turkiya, AQSh, Malayziya, Hindistonda joylashganmiz. Agar siz buyraklarni sotish yoki sotib olishni xohlasangiz, biz bilan bog'laning.

Whatsapp: +393511042630
Telegram: +34603339007
Viber: +34603339007
Elektron pochta: doctormacphersonclinic@gmail.com

Eng yaxshi ezgu tilaklar bilan
DR ABDUL...
Ответить
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-