O'zbekiston fuqarolari vizasiz qaysi davlatlarda nechi kungacha yurishi mumkin? 

O'zbekiston fuqarolari vizasiz qaysi davlatlarda nechi kungacha yurishi mumkin? 
O'zbekiston fuqarolari vizasiz qaysi davlatlarda nechi kungacha yurishi mumkin? 

O‘zbekiston fuqarolari 22 ta xorijiy mamlakatlarga vizasiz kirishi mumkin. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar ushbu davlatlarda belgilangan vaqtgacha yurganidan keyin viza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. Mazkur muddat 21 kundan 360 kungachani tashkil qiladi.
Quyida o‘zbekistonliklar vizasiz bora oladigan davlatlar ro‘yxati:

Ozarbayjon – 90 kungacha;
Antigua va Barbuda – 180 kungacha;
Armaniston – 180 kungacha;
Barbados – 28 kungacha;
Gaiti – 90 kungacha;
Gruziya – 360 kungacha;
Dominika – 21 kungacha;
Indoneziya – 30 kungacha;
Qozog‘iston – 30 kungacha;
Qirg‘iziston – 60 kungacha;
Malayziya – 30 kungacha;
Moldova – 90 kungacha;
Namibiya – 90 kungacha;
Sant-Vinsent va Genadin orollari – 30 kungacha;
Tojikiston – 30 kungacha;
Turkiya – 30 kungacha;
Filippin – 30 kungacha
.
Shuningdek, Belarus, Niue, Kuk orollari, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina davlatlariga borish uchun O‘zbekiston fuqarolaridan umuman viza talab etilmaydi.
Bundan tashqari, 33 ta davlatda O‘zbekistonliklar uchun soddalashtirilgan viza tartiblari o‘rnatilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-