Islohotlar samara bermoqda

Islohotlar samara bermoqda
Islohotlar samara bermoqda 

Bilamizki, har bir islohot zamirida xalq manfaati turishi avvalo demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri sanaladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy islohotlarning tub zamirida ham xalq manfaati, ularning o‘z orzu-umidlariga mos ravishda hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish ko‘zlanmoqda. Kadastr sohasida ham davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, ko‘chmas mulklarning hisobini yuritish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda shaffoflik tamoyilini joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini qulay va soddalashtirilgan shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish maqsadida Agentlik tomonidan norma ijodkorligi faoliyatida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 18-oktyabrdagi 610-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Fazoviy ma’lumotlar sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 26-oktyabrdagi 620-son qarorlarining qabul qilinishi kadastr sohasida muhim qadamlardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Aytish kerakki, mazkur Qonun va qarorlar bilan:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun bilan tartibga solinishi va bu bilan huquqlarning kafolatlanishi;
ochiq ma’lumotlarning ommaviy geoportal orqali taqdim etilishi;
bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etish;
ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
kadastr hujjatlarini tayyorlash ishlari elektron tarzda amalga oshirilishi;
kadastr muhandislari institutini rivojlantirishga qaratilgan o‘zgarishlar;
fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining tuzilishi va uni yuritishni tashkil qilish tartibi hamda Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning tarkibi belgilandi.
Bugungi kunda kadastr sohasini yanada rivojlantirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishuvdan, jamoatchilik muhokamasidan va Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda.
Shu bilan birgalikda, Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoni, 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–447-son qarori hamda 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmon va qarorlarga muvofiqlashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolar erkinligi va tengligini qonunlarda mustahkamlash, jamiyatimizdagi mavjud muammolarni huquqiy jihatdan hal etish, turli xil korrupsiyaviy va firibgarlik holatlarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga qonuniy asoslarni mustahkamlash orqali erishiladi. Qonun ustuvorligi jamiyatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanishi, inson huquqlari himoyalanishi, mamlakat iqtisodi barqaror o‘sishi uchun tadbirkorlarda, investorlarda mustahkam ishonch shakllanishining mustahkam garovidir.
 
Sultonbek Latipov,
Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash
boshqarmasi bosh mutaxassisi
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-