Navoiydagi oltin koni shahtasidan 1 nafar erkakning jasadi topildi
Navoiyda “Zarmitan” oltin koniga qarashli yordamchi shaxtadan jasad topilgani haqida bir qancha xabarlar tarqaldi. “Daryo”ga ko‘ra,
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 30 yoshli O.N. 2023-yil 25-dekabr kuni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Janubiy kon boshqarmasiga qarashli “Zarmitan” koni yerosti shaxtasi 840-sathidan, tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ma’danli toshlarni talon-toroj qilish uchun kelgan. 2024-yil 15-yanvar kuni soat 19:00 larda shaxtadan chiqayotganida, arqon uzilib ketishi oqibatida 10-15 metrlik pastlikka tushib ketgan va og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.
O.N. olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Комментарии (5)