Buxoroda xasta erkakning suratidan foydalanib, tilanchilik qilgan soxta xotin qo'lga olindi

Buxoroda xasta erkakning suratidan foydalanib, tilanchilik qilgan soxta xotin qo'lga olindi
Buxoroda xasta erkakning suratidan foydalanib, tilanchilik qilgan soxta xotin qo'lga olindi

Buxoro shahrida begona erkakni o‘zining eri ekanini aytib, tilanchilik qilib kelgan ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 1985-yilda tug‘ilgan, Romitan tumani “Bog‘isaydon” mahallasida yashovchi ayol tumanning “Hofizrabot” mahallasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan  erkakning xastalanib yotgani aks etgan rasmini ijtimoiy tarmoqlardan ko‘chirib olgan. 
Ushbu surat orqali “Mening turmush o‘rtog‘im og‘ir betob, jigar serrozi kasalligiga chalingan” deya Buxoro shahridagi Abu Xafs Kabir (Hojatbaror) jo‘me masjidiga kirish joyida ziyoratga kelgan fuqarolardan tilanchilik yo'li bilan moddiy yordam olib kelgan.
Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunida esa  qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik belgilanishi kutilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-