Qorako‘lda maktab direktori firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi 

Qorako‘lda maktab direktori firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi 
Qorako‘lda maktab direktori firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida maktab direktori tomonidan firibgarlik jinoyati sodir etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 
Xabarga ko‘ra, holat  viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. Qorako‘l tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birining rahbari, “Xo‘jakon” mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, boshqa fuqarolarni  maktab qoruvuli va  farroshi vazifasiga ishga qabul qilgan. 
Buning evaziga ushbu maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng kimyoviy ishlov berilgan 900 000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-