Kasbi va Karmana tumanlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi O‘sh davlat universitetining yuridik yo‘nalishiga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, MCHJ rahbari fuqaroning Rossiya Federasiyasi Moskva shahridagi Sinergiya universitetidagi o‘qishini 1 500 AQSH dollari evaziga Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berish va imtihonlardan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.