Toshkent shahar hokimligi murojaat bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi murojaat bilan chiqdi
Toshkent shahar hokimligi murojaat bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi aholiga murojaat bilan chiqdi.
Murojaatda ta'kidlashicha, 8-aprel kuni 20-motomavsum ochilishi o‘tkaziladi. Shu munosabati bilan motosayyohlarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi va poytaxtimizdagi bir necha ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi:
• Cho‘pon ota ko‘chasi yaqinidagi avtoturargohdan Yettiterak ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston shoh ko‘chasi bilan kesimasigacha;
• Yettiterak ko‘chasining O‘zbekiston shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan shoh ko‘chaning Buxoro ko‘chasi kesishmasigacha (Kosmonavtlar metro bekati);
• Buxoro ko‘chasi Kosmonavtlar metro bekatidan Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Alisher Navoiy ko‘chasi Buxoro ko‘chasidan Furqat ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Furqat ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasidan Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
• Furqat ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan «Milliy» stadionining asosiy kirish qismi oldidagi maydonchagacha yopiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-