Mualliflik huquqi bilan himoyalangan ochiq manbalardagi fan, adabiyot va san’at asarlaridan muallifning roziligisiz faqatgina iqtibos keltirgan holda foydalanish mumkin

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan ochiq manbalardagi fan, adabiyot va san’at asarlaridan muallifning roziligisiz faqatgina iqtibos keltirgan holda foydalanish mumkin
Ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchi e’lon qilgan post (maqola, foto, video va hk)dan internet yo bosma nashrlar yoxud boshqa foydalanuvchilar kontent yaratishda foydalansa, muallifdan ruxsat so‘rashi kerakmi? Yoki ijtimoiy tarmoqda hamma uchun ochiq joyda qo‘yilgan kontentni muallif ruxsatisiz qayta e’lon qilish mumkinmi? 
Milliy qonunchiligimizga asosan, mualliflik huquqi himoyasi – asarlar, ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan blogpostlarga (maqola, foto, video, audio) ham tatbiq etiladi.
Qonunda mualliflik huquqi bilan himoyalangan ochiq manbalardagi fan, adabiyot va san’at asarlaridan muallifning roziligisiz faqatgina iqtibos keltirgan holda foydalanish mumkinligi belgilangan.
Iqtibos keltirishda asar muallifning ismi-sharifini va olingan manba albatta ko‘rsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik sharti bilan, oshkor qilingan asarlardan asl nusxada va tarjimada ilmiy, tadqiqiy, munozaraviy, tanqidiy hamda reklama bilan bog‘liq bo‘lmagan axborot maqsadlarida ko‘zlangan maqsadga mos hajmda iqtibos olish, shu jumladan gazeta va jurnallardagi maqolalardan parchalarni matbuot sharhlari shaklida takrorlash tarzida erkin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Shu sababli internet sahifalariga joylashtirilgan mualliflik huquqi ob’yektlarining hammasi ham jamoat mulki emas va ulardan foydalanilganda huquq egasidan ruxsat so‘ralishi shart. Bunda mualliflik huquqi bilan himoyalanganligi haqida belgi mavjud yoki yo‘qligidan qat’i nazar, asar mualliflik huquqi asosida qonun bilan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan faqat muallifning yoki u vakolat bergan shaxs bilan tuzilgan yozma shartnoma asosida foydalanish mumkin. Qonunga rioya qilmaslik jinoiy, ma’muriy va fuqaroviy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi sud orqali huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda (6 mln.dan 300 mln. so‘mgacha) tovon puli undirishga haqli.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-